Rossiya premer-ligasi. Hojimat Erkinov jamoasi rasman yangi murabbiy nomini e’lon qildi

  • 19 avgust, 2022, 19:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Moskvaning "Torpedo" jamoasi yangi bosh murabbiy nomini e’lon qildi. Unga ko‘ra, "qora-oqlar"ga endi Nikolay Savichev ustozlik qiladi. 

Tecno

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, Savichevga yordamchi sifatida Nikolay Kovardaev hamda Andrey Gordeev nomlari keltirib o‘tilgan. Shuningdek, Aleksandr Shulenin darvozabonlar bo‘yicha assistentlik qiladi. 

Ma’lumot o‘rnida, hamyurtimiz Hojimat Erkinov harakat qiladigan "Torpedo" jamoasi ayni payt Rossiya premer-ligasi turnir jadvalida 1 ochko to‘plab, 15-pog‘onani band etib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!