Rossiya terma jamoasining Belgiyaga qarshi o‘yin uchun tarkibi e’lon qilindi

  • 5 noyabr, 2019, 15:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan Belgiya (16 noyabr) va San-Marinoga (20 noyabr) qarshi o‘yinlar uchun 25 nafar futbolchidan iborat tarkibni e’lon qildi.

Darvozabonlar: Gilerme («Lokomotiv»), Coslan Janaev («Sochi»), Anton Shunin («Dinamo»).

Himoyachilar: Maksim Belyaev («Arsenal» Tula), Georgiy Jikiya («Spartak»), Vyacheslav Karavaev («Zenit»), Fedor Kudryashov («Sochi»), Sergey Petrov («Krasnodar»), Andrey Semenov («Axmat»), Mario Fernandes (TsSKA), Dmitriy Chistyakov («Rostov»).

Yarim himoyachilar: Zelimxan Bakaev, Roman Zobnin (ikkalasi – «Spartak»), Dmitriy Barinov, Rifat Jemaletdinov, Aleksey Miranchuk (barchasi – «Lokomotiv»), Aleksandr Golovin («Monako»), Yuriy Jirkov, Daler Kuzyaev, Magomed Ozdoev (barchasi – «Zenit»), Aleksey Ionov («Rostov»), Daniil Fomin («Ufa»), Denis Cheryshev («Valensiya»).

Hujumchilar: Artem Dzyuba («Zenit»), Nikolay Komlichenko («Mlade-Boleslav»).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!