Rossiyadagi legionerlarimizning narxi o‘zgardi, Fayzullaevning narxi "uchib ketdi"

  • 13 dekabr, 2023, 17:25
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni damda bir nechta o‘zbekistonlik futbolchilar Rossiya chempionatida harakat qilmoqda. Bugun "Transfermarkt" portali Rossiya Premer-ligasi futbolchilarining yangilangan narxlarini e’lon qildi. 

Tecno

Unga ko‘ra, Moskvaning TsSKA klubi sharafini himoya qilayotgan Abbosbek Fayzullaevning narxi ikki barobar oshib, 4 millionga etdi. Uning avvalgi narxi 2 million evro edi.

Qozonning "Rubin" jamoasida ham ikki nafar legionerimiz o‘ynamoqda. O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatovning narxi 700 ming evroga baholandi, uning eski narxi ham shunday edi. Umarali Rahmonalievda ham xuddi shunday, uning narxi ham o‘zgarmadi - 600 ming evro.

"Nijniy Novgorod"da harakat qilayotgan vakillarimiz Ibrohimhalil Yo‘ldoshev va Ruslanbek Jiyanovda regress kuzatildi. Yo‘ldoshevning narxi 100 ming evroga pastlab, ayni damda 800 ming evroga baholandi. Jiyanov esa 50 ming evroga pastlab, hozirda uning transfer narxi 400 ming evroni tashkil etadi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!