Rossiyalik bokschi "Qizil kitob"ga kiritilgan orangutanga sigaret bergani uchun jiddiy tanqidga uchradi!

  • 1 iyul, 11:14
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Rossiyalik bokschi Anastasiya Luchkina "Taygan" hayvonot bog‘ida elektron sigaret chekayotgani, shuningdek orangutanga bir necha sigaret uzatganini ijtimoiy tarmoqlarga joylagan edi.

Tecno

Bugun ushbu video katta tanqidlarga sabab bo‘ldi. 

"SHOT" telegram kanali ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda orangutanning ahvoli yomonlashgan, ya’ni ishtahani yo‘qotgan, odamlar bilan muloqot qilishdan bosh tortmoqda va kun bo‘yi bir joyda yotibdi.

Taxmin qilinishicha, orangutan tarkibida 2,5-3 ml suyuqlik bo‘lgan elektron sigaret kartridjini yutib yuborgan, bu oshqozonga kirsa, og‘ir intoksikatsiyaga olib kelishi mumkin. Mutaxassislar tekshiruvni davom ettiryapti.

Luchkinaning murabbiyi Vladimir Akatov mazkur voqeaga quyidagicha izox berdi:

"Anastasiyaning chekishini bilmas edim. U hozir ta’tilda. Qaytgach, albatta, buni muhokama qilamiz!"

Ma’lumot uchun, Sankt-Peterburgdan olib kelingan "Dana" laqabli ushbu orangutan Qrim hayvonot bog‘ida 2018 yildan beri yashaydi. "Qizil kitob"ga kiritilgan bu maymun turi  butun Qrimdagi yagona orangutan hisoblanadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!