Rossiyalik deputat terma jamoa ustidan mazax qilganlarga jarima solishni taklif qilmoqda

  • 15 iyun, 2018, 11:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya davlat Dumasi deputati Vitaliy Milonov mamlakat terma jamoasini mazax qilganlarni jarimaga tortishni taklif qilmoqda. Ushbu qonun loyihasi tez orada parlamentga taqdim etiladi.

Tecno

“Mazax qilish va tanqid qilish bu turli hil narsalar. Masalan futbolchilarimiz maydonga chiqmaslaridan oldin balchiqqa belab tashlandi. Qolaversa, har bir futbolchi politsiyaning ortidan quvib, ariza yozavermasligi kerak. Ular davlatimizning sha’nini himoya qilishmoqda. Shunday ekan terma jamoa ustidan kulish, bu butun mamlakatning ustidan kulish bilan tengdir. Ularni 10 ming rubl jarimaga tortamiz”, - deydi deputat.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2018 startiga qadar tinmay tanqid qilingan Rossiya terma jamoasi kecha mundialning ilk bahsida Saudiya Arabistoni darvozasiga javobsiz 5ta to‘p yo‘llab, g‘alaba qozongan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!