Rossiyalik futbolchining MMAda jang qilish salohiyati bormi?

  • 12 avgust, 2020, 16:19
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

"Spartak" va Rossiya terma jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Andrey Tixonov havaskor jamoalarning o‘yini chog‘ida hakamga zarba bergan Roman Shirokovning harakatlariga izoh berdi.

Tecno

"Bu hodisa sodir bo‘lmaganida, yaxshi bo‘lar edi. Aslida, Roman MMAda jang qilsa, bo‘lar ekan. U qiyin davr va hududda o‘sgan. O‘sha paytda Dedovskda juda ko‘p voqealar bo‘lgan. Lekin bu ishni ko‘chada qilsa, bo‘ladi, demoqchi ham emasman. Yaxshisi bu holat ringda bo‘lgani durust",- dedi Tixonov matbuot anjumanida.

49 yoshli Tixonov va 39 yoshli Shirokov o‘z vaqtida bir jamoa sharafini himoya qilishgan.

Manba: Cport ekspress

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!