Rossiyalik Miranchuk "Roma"ga o‘tishni istamoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Atalanta" futbolchisi Aleksey Miranchuk "Roma"ga o‘tishi mumkin. Bu haqda taniqli insayder Janluka di Martsio xabar berdi. 

Futbolchining o‘zi shuni istamoqda. U jamoasini o‘zgartirishga qarshi emas.

Biroq bergamoliklar sport direktori bu transfer haqida ortiqcha gap-so‘z bo‘lmaganini aytib o‘tdi. 

"Roma"dan hech qanday taklif olganimiz yo‘q. Hozir Aleksey bizning futbolchimiz. Mish-mishlarga o‘rin yo‘q, deb hisoblayman", - dedi "Atalanta" sport direktori Toni D'Amiko. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!