Rossiyalik mutaxassis Shomurodov uchun Italiya qiziqarli tanlov ekani, Angliyada unga qiyinroq bo‘lishi haqida gapirdi

  • 1 oktabr, 2020, 19:19
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Rostov» klubi sobiq murabbiyi Dmitriy Kirichenko hujumchi Eldor Shomurodovning «Jenoa»ga o‘tishi borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda «RB-Sport» nashri.

Tecno

- O‘ylaymanki, bu Shomurodov uchun oldinga tashlangan qadam, ertami-kech u shunday qilishi kerak edi. Eldorning transferi «Rostov»ning Evropa Ligasini tark etgani bilan bog‘liqmi yoki yo‘q, bilmayman. Ammo bu ham Shomurodovni sotilishiga ta’sir qilmadi. Italiya – Shomurodov uchun qiziqarli tanlov. Aytaylik, Angliyada unga qiyinroq bo‘lardi. Eldor mehnatkash, tezkor, pozitsiyani yaxshi tanlaydigan va gollar uradigan hujumchi. Golsiz seriyaga qaramay, u o‘zini ko‘rsata oladi. Uning yoshini inobatga olsak, Evropada o‘ynash uchun Italiya unga juda mos.

O‘ylashimcha, bu «Rostov» uchun jiddiy yo‘qotish bo‘lmaydi. Uning o‘rniga Poloz, Ionov singari o‘xshash forvardlar bor. Yagona farqi ular ikkinchi qavatda Eldordek o‘ynay olishmaydi. Shomurodov uchun 8-9 million evro miqdorida yaxshi pul to‘lashmoqchi. «Rostov» evrokuboklarda o‘ynamayotganligini inobatga olsak, nega yo‘q deyish kerak?, - dedi Rossiya milliy terma jamoasi sobiq hujumchisi Dmitriy Kirichenko.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!