
Rossiyalik taniqli yozuvchi "Paxtakor" mehmoni bo‘ldi
Taniqli yozuvchi va jurnalist Fyodor Razzakov "Paxtakor" futbol klubi mehmoni bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.
Xabar berilishicha, turli sohalarda ko‘plab kitoblar yozgan Fyodor Ibatovich "Paxtakor" klubi rahbariyati bilan uchrashdi va klubi tarixi bilan yaqindan tanishish istagida ekani aytdi.
Yozuvchi yaqin kelajakda klubning buyuk tarixi, murabbiylari, futbolchilari, klub faoliyati va undagi islohotlar haqida kitob yozish niyatidaligini ta’kidladi.
Fyodor Razzakov 1962 yil 7 fevral kuni Moskva shahrida tug‘ilgan. Uning ilk kitobini 1994 yil avgust oyida yozib tamomlagan. O‘shanda u "Vladimir Visotskiyning hayoti va o‘limi" kitobini ommaga taqdim etgandi. Shundan so‘ng u sport, san’at va boshqa turli sohalarga oid ko‘plab kitoblarni yozib, keng o‘quvchilar ommasiga mashhur bo‘lib ulgurgan.
Uning sportga doir quyidagi kitoblari mavjud:
"Rossiya xokkeyi: fojiadan mojarogacha" (2012), "Rossiya futboli: fojiadan mojarogacha" (2012), "Afsona N17. Valeriy Xarlamov" (2013), "Anatoliy Tarasov. Temir murabbiylar janglari" (2014), "Biz yo‘qotgan futbol. SSSRning sotilmas yulduzlari davri" (2017).
Fikrlar