
"Rostov" A Seriya klubiga ketishi kutilayotgan Shomurodov o‘rniga "Lokomotiv" futbolchisini oladi
Hamyurtimiz Eldor Shomurodovning transferi bo‘yicha “Jenoa” bilan faol muzokaralar olib borayotgan “Rostov” o‘zbekistonlik futbolchiga o‘rinbosar qidirishni ham boshlab yubordi.
“RB-Sport” nashri tarqatgan xabarga qaraganda, “Rostov” bu borada “Lokomotiv” forvardi Luka Jorjevichni ko‘z ostiga olib qo‘ygan. Aynan u rostovliklar safida Eldorning o‘rnini egallashi kutilmoqda.
Bundan avvalroq, “Rostov” rahbariyati “Jenoa”ning Shomurodov borasidagi 9 mln evrolik taklifini rad etgani haqida ma’lum qilingan edi.
Fikrlar