Roys "Al-Nassr"ga o‘tishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi
"Borussiya" Dortmund sardori Marko Roys "Al-Nassr"ga o‘tishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlarga izoh berdi.
"Men uchun sog‘liq, mashg‘ulotlar va o‘yinni to‘liq o‘tkazish muhim. Qolgan barchasini hal qilsa bo‘ladi. Nima bo‘lishini vaqti kelganda bilamiz, bunday ishlar uchun agentim bor.
Albatta, doim oldinga intilaman. Shartnomam tugashiga 6 oy qoldi. Bundan tashvishlansam xato qilgan bo‘laman.
Ayni paytda Bundesligada 6-pog‘onada boryapmiz, natijalarni yaxshilashimiz lozim. Bor e’tiborimni shunga qaratganman. Qolgan barchasi kelgusi oylarda hal bo‘ladi. O‘shanda qaysi variantni tanlaganimni bilib olishingiz mumkin",-dedi germaniyalik futbolchi.
Avvalroq, 33 yoshli pleymeykerning Ronaldu ortidan Saudiya Arabistoni chempionatiga yo‘l olishi aytilayotgandi.
Fikrlar