Ro‘ziqul Berdiev: Biz bu erga faqat "Al-Sadd" bilan o‘ynash uchun kelmadik

  • 10 aprel, 2022, 17:25
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, "Nasaf" ertaga Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turida "Al-Vehdat"ga qarshi maydonga tushadi. "Ajdarlar" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev bugun o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

– Osiyo chempionlar ligasiga 6ta qiyin o‘yinni o‘tkazish uchun kelinadi. Birinchi o‘yindan keyin amin bo‘ldikki, bu erdagi daraja umuman boshqacha. Ertangi bahs qanchalik og‘ir kechishini sezib turibmiz. Yigitlarimiz bu bellashuvga tayyor.

– O‘tgan o‘yinda ko‘rindiki, "Al-Vehdat" muxlislari mezbonlarnikidan ham ko‘proq edi. Bu o‘yinga qanchalik ta’sir o‘tkazadi? 

– Bu ajoyib. Uzoq masofadan tashrif buyurgan "Al-Vehdat" muxlislariga qoyil qoldim. Bu jamoaning muxlislar bilan yaxshi munosabat o‘rnatilganidan, deb bilaman. Biz bunday bosimda o‘ynashga tayyormiz. Bilasiz, O‘zbekistonda ham stadionga ko‘plab muxlislar tashrif buyuradi. Superliganing birinchi turida 20 ming muxlislar qarshisida o‘ynadik. Futbolchilarimda yuqori bosimda o‘ynash tajribasi bor.

– 9 kishi bo‘lib qolgan "Al-Sadd"ni yutish uchun jamoaga nima etishmadi?

– "Al-Sadd" bilan o‘yindan keyin o‘z xulosamizga egamiz. Yigitlar bilan gaplashib oldik. Qaerda xatoga yo‘l qo‘yganimizni bilamiz. Raqib 9 kishi bo‘lib qolishi rejamizda yo‘q edi. Bunga tayyor bo‘lishimiz kerak edi. Asosiy xatolarimizdan biri, bu futbolchilarning ruhiy tomondan etarlicha tayyor emasligi bo‘ldi. Ko‘p futbolchilarimiz bu turnirda ilk bor qatnashyapti. O‘sha o‘yin ularga dars bo‘ldi.

Har qanday raqibga qarshi biz o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz. Birinchi turdagi o‘yin ko‘rsatib berdiki, bu erda nafaqat o‘z o‘yiningni, balki raqib o‘yini ham bilishing kerak bo‘ladi. Biz bu erga faqatgina "Al-Sadd" bilan o‘ynash uchun kelmadik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
biloljon
10/04/2022 19:35
Yiqilʻganlargayam sariq ni ikkita lab bosib nasafni intiriga qilishdi qoyil
&
biloljon
10/04/2022 19:35
Olgʻa Nasaf sudyalarga qoyil
&
Ruziyev Mahmatqobil
10/04/2022 18:56
Nasafga omat