Ro‘ziqul Berdiev: "Chempionlik poygasida oxirigacha qatnasha olmaganimizning bir qancha sabablari bor..."

  • 1 dekabr, 2023, 20:56
  • 9
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 26-turidan o‘rin olgan OKMK - "Nasaf" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar 1:1 hisobida durang o‘ynadi. 

Tecno

Uchrashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Xayrli kech, hammaga. Bugungi o‘yin jangovor tarzda o‘tdi. Ikki xamoa ham g‘alaba uchun maydonga tushdi. OKMK ham, biz ham 3 ochkoga loyiq uchrashuv namoyish etdik. Bizda ham ko‘p vaziyatlar bo‘ldi.

Vodiydagi derbida ham durang natija qayd etilibdi. Kumush medal uchun munosib edik, deb o‘ylayman. Bugun ham natija uchun harakat qilgandik. Ammo qiyin bo‘lishi aniq edi.

Ko‘p bahslarda rotatsiya qilishga majburmiz. Sababi, oldinda bizni muhim bellashuv kutmoqda. Shunday ekan, tarkibda yo‘qotish bo‘lmasligi uchun asosiy tarkibda o‘zgarishlar qilib turishimiz lozim. Asosan markaz va hujum chizig‘ida rotatsiya qilamiz. Chunki shu pozitsiyalarda o‘zgarish qilishga imkonimiz bor.

Vitse-chempionlik, ikkita kubok qo‘lga kiritilishi - "Nasaf" tarixida hali sodir bo‘lmagan. Buni takrorlash ham qiyin bo‘ladi. Shu tufayli, men ishonch bilan ayta olamanki, bu mavsum biz uchun eng yaxshisi bo‘ldi.

Chempionlik poygasida oxirigacha qatnasha olmaganimizning bir qancha sabablari bor. Birinchidan, ayrim muhim o‘yinchilarimizni yo‘qotdik. Yana ba’zi legionerlar transferida omadsizlikka uchradik. Qolaversa, barqarorlik, mahorat etishmasligi kabi holatlar ham maksimal ijobiy natija qayd etilmaganiga sabab bo‘ldi.

Joriy mavsum "Nasaf"ga 5 ballik sistemada 5 baho qo‘ya olaman. Negaligini yuqorida aytib o‘tdim", - dedi mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шоим Зарипов
02/12/2023 08:24
Эй бола Рузикулга тош отма сан Рузикулни оёк кийимига кунган чангга хам арзимайсан Насаф шундай хам чемпион Узбекистонда сенга ухшаган сутаклар пахтакорни чемпион демаса Узбекистонни 80% футбол мухлиси Насафни чемпион деб билади Бердиев йил мураббийи булади.
ишбобоев жума
02/12/2023 13:30
Насаф бу Насаф. Уни мухокама килишга хеч кимнинг хаки йук. Сурхон ишкибози.
&
ibroximmm
01/12/2023 21:33
Рузикул кетса Насаф Насаф булолмайди
&
Усмонбек
01/12/2023 21:19
Ассалом алайкум Рузикул ака Рахмат Зур томошабоп уйин булди табриклайман кумуш медал бн
&
Mn
01/12/2023 21:14
Барибир чемпион буломадида эсиз насафни уйинчилари булар чемпионликка лойик эди бердиев энди кетиш керак энди насаф чемпион булолмайди бу мураббий билан
&
ibroximmm
Mn
01/12/2023 21:32
Сан кимсан фикринг нима булайди
Zhovliev L
Mn
02/12/2023 00:32
Чемпионлик мурабийга боглик эмас! Хакамларга боглик тепадаги окаларга боглик. Насаф халк учун доимо чемпион!!! Утган йили хам куп марта чопишди Насафни , бу йил хам Пахтакорни куллаб юборишди.
&
Каримов Хайрулло
Mn
02/12/2023 00:34
Хакамлар халол булса чипион булади
бек тв
Mn
02/12/2023 01:02
Сан хаетда ниманидир эплаб куйганде гапириб ташамагин сан нетга кирволиб клавиатурани оркасида каррилашни биласан криса