Ro‘ziqul Berdiev jamoasining mag‘lubiyatiga nima sabab bo‘lgani, kimlardan qoniqmagani va raqib haqida fikr bildirdi

  • 31 iyul, 2021, 01:09
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 13-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - "Nasaf" uchrashuvidan keyin bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev jurnalistlar savollariga javob berdi. 

“Futbolda birinchi o‘rinda natija turadi. "Lokomotiv"ni haqli g‘alaba bilan tabriklayman. Ularning bugungi o‘yinga bo‘lgan rejasi amalga oshdi, "Lokomotiv" himoyada yaxshi o‘ynab, qarshi hujumda bizni jazoladi. Biz esa himoyada qo‘pol xatolar qildik. Oxirgi o‘yinlarda Amonov ko‘p gol urayotgani va yaxshi formada ekanini ta’kidlagandik, lekin uni e’tibordan qochirdik. Mana shular bugungi mag‘lubiyatga asosiy sabab bo‘ldi. Biz qancha to‘pni nazorat qilmaylik, yuqorida aytganimdek, natija birinchi o‘rinda turadi", - dedi Ro‘ziqul Berdiev. 

- “Nasaf futbolchilari davralar oralig‘ida haddan ziyod yuklama olgandek ko‘rindi. Ya’ni, futbolchilar ko‘proq jismoniy yuklamalar olib nazorat uchrashuvlarida o‘g‘ir o‘ynashadi. Bugun “Nasaf” ham shunday ta’surot qoldirdi. 

- Bu albatta sizning fikringiz, ammo 90-daqiqadan keyin ham futbolchilarimiz raqibdan ko‘proq yugurayotgandi. Buni amalda ham guvohi bo‘ldinglar. Oldingi o‘yindan farqi shuki, tarkibimizdagi yo‘qotishlar bor edi. Albatta, mezbonlarda ham yo‘qotishlar bor edi. Bugungi o‘yinda muhim rol o‘ynashi mumkin bo‘lgan futbolchilarimiz maydonda harakat qilishmadi. Chap qanot himoyachimiz Sherzod Nasrullaev o‘ynamadi, shu bois Bozorov ham maydonda "yo‘q" edi. Dilshod Saitov har qancha chap qanotda o‘ynashga harakat qilmasin, uning joyi o‘ng qanotda. Akmal Mozgovoyning ham maydon markazidagi o‘rni bilindi. Shu tufayli Markoni orqaroqqa tushirishga majbur bo‘ldik. Turdialiev esa biz kutgan o‘yinni namoyish eta olmadi. Shu omillar o‘yinimizga ta’sir qildi. 

- O‘yindan oldin Abduholiqov va Bikmaevning maydonga tushmasligi xabar berildi. Bu sizning rejalaringizga ta’sir qildimi?

- Temurxo‘ja maydonga tushganida uning uchun alohida rejamiz bor edi, ammo Amonov so‘nggi o‘yinlarda Abduholiqovdan ko‘ra samarali harakat qilmoqda. U oxirgi o‘yinlarda “Paxtakor” va “Istiqlol” jamoalari darvozalariga gol urdi. Biz bu o‘yinlarni ko‘rib, tahlil qilib chiqqandik. Temurxo‘ja bugun maydonga tushgan taqdirda ham unga qarshi rejamiz bor edi.  Bugun ikkala golda ham qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydik. Birinchi golda ham to‘pni orqaga qaytarishda xatoga yo‘l qo‘ydik.  Ikkinchi gol ham birinchisiga o‘xshab ketadi. Bugun himoyachilarning o‘yinidan qoniqmadim. 3-4 himoyachimiz bor edi, ammo Azizbek ulardan qochib ketdi. Temurxo‘janing qanchalik mahoratli ekanini bilamiz, biroq Amonovning ham oxirgi o‘yinlardagi harakatlari yaxshi chiqmoqda.

"Nasaf" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Akbarali Abdunazarov
31/07/2021 20:31
Составни нотугри ташладим,Турдивлиевни урнига Шохмалик Комиловни куйишим керак эди, Д,Саидовнинг позициясини узгартирмасам буларкан деб тан олинг.Г.Гайбуллаевни нега туширмадингиз 2 та гол хам шу томондан булди, нега шу саволлар берилмади Бердиевга.Худди интервьюни Р.Бердиев узи савол бериб жавоб дегандай. КАЧОН биз нармалний интервью оламиз!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
31/07/2021 01:59
Uzbek fudboli revojlanmaydi revojlanmaydi deymizda. lekin uzi aslida. uzlari quymaganidan keyin qanday kuchaysin. kup Fudbolchilar bilan gaplashaman. ula ham qayta qayta aytadi. majburmiz aka. ilojimiz yuq. bir ogiz aytsak. tamom keyin deydi. bugun ham qizilga umuman tortmasdi. bulmasa. tupka uynadi Bahrom uyinchi orqadan keldi. va yogi quyguncha Bahrom bosib yubordi. bu ochiqcha sinderishda Nasafni. Bahrom ham keyingi uyinlarga yordam berib olmaydi. qizilga tortmaydiki. kur ham kurib turibti. Bahrom raqib uyinchisi kurgani ham yuq. tupni tepdi. yogi erga tushkuncha raqib uyinchisini oyogi bosdi. Sariq tortardi.
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
31/07/2021 01:54
Agar qolderilgan uyinga Qizil amal qilmaydi desa. bulmasa nimaga. Husniddin Mashalga qarshi uynamadi. qisqasi. berdan kimsa bormikan shu faziyatka aydinlik keritadigan. Sport .uz. Jurnalistlari shuni ohiriga etingla ahir sela muhlislar uchunki. man oddiy bir muhlisman. notugri surayotkan bulsam aytingla. man. sukini yotkanim yuq yoki beron kishini haqorat qilmayapman. seladan shunchaki muhlis sefatiga surayapman. sela bir ogiz surangla qani. shunoqa qonun berdan chempionatka bormikan. Sugdiyona bilan uyindaki holatni. uyindan keyin 3 kun ichiga kurib chiqish qiyinmi. ertashiroq aytkaniga. Akmal Mashal va Loka qarshi uynamasdan. Pahtakorga qarshi uynardi.
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
31/07/2021 01:50
Bugun Akmal Mazgavoyni urni bilindi maydonga. urta umuman uynap olmadi. Akmal. butun maydon buylap legiropka qilardi. bu ham Ravshan Ermatovni tuhfasi. kurib kim nima hursand bulib yotkander. qerga kurgansan. raqib uyinchiga kelib. nimaga qupol uynading deb jahl bilan tashlansa. 2 ta uyin jazo qullanishini. bulmasa. Sugdiyona bilan uyinga Akmal nima bunoqa qupol uynading deb. keldi. Sugdiyona uyinchisiga keyin Sigdiyona uyinchilari ukalaridan ham kichik bachalarga tashlandi. qarapsizku. janjal chiqdi. Ha shuni Sugdiyona uyindan keyin 2 kundan keyin kurib chiqib aytsa bulardi. tasafur qiling. hohlagan vaqt kelib. san tunov kunki uyindaki qupolliging uchun. 2 ta tushmaysan desa. uta kulgulik. berdan aytkaniga. Akmal Mashal va Lokaga qarshi uynamasdan. Pahtakorga qarshi uynardi. qisqasi. Ravshan Ermatovka alangalik salom. PFL hodimlari ham. uyiga borib ishdan kelammiz desa kerakda.