Ro‘ziqul Berdiev maqtoviga sazovor bo‘lgan Mateus Lima "Paxtakor"ga qarshi o‘yin haqida: G‘alabaga haqli edik

  • 3 oktabr, 2022, 14:11
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha "Nasaf" Superliga 20-turi doirasida "Paxtakor"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu bahsdan so‘ng qarshiliklar hujumchisi Mateus Lima Kruz o‘yin haqida fikrlarini bildirib o‘tdi. 

"G‘alabadan juda xursandman. Biz o‘yinda har bir daqiqa uchun kurashdik. Kuchli raqibga qarshi yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. 

Menimcha, biz raqibga qarshi ko‘proq vaziyat yarata oldik. G‘alabaga haqli edik. Endi keyingi o‘yinlarga e’tibor qaratamiz. Bizni oldinda muhim uchrashuvlar kutib turibdi", - dedi braziliyalik hujumchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!