
Ro‘ziqul Berdiev "Nasaf"ning chorak finalga chiqqanidan keyin qanday fikr bildirdi?
“Nasaf” jamoasi “Surxon” ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozongach, qarshiliklar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Bugun o‘yinni ham, hisobni ham nazorat qildik. Birinchi goldan so‘ng yana ko‘plab vaziyatlar yaratdik lekin ulardan foydalana olmadik. Vaziyatlardan foydalanmaganimiz uchun o‘z darvozamizdan to‘p olib chiqishga majbur bo‘ldik. Bu vaziyatda himoyachilarimiz xatoga yo‘l qo‘yishgandi. Qolgan vaziyatlarda himoyachilarimiz tartibli harakat qilishdi.
Ikkinchi bo‘limdagi ajoyib harakatlarimiz bugungi g‘alabamizning asosiy omili bo‘ldi. Hisobda oldinga chiqib olganimizdan keyin ham vaziyatlar yaratishga harakat qildik. Asosiysi, biz keyingi bosqichga chiqdik. Bu bilan barcha muxlislarimizni tabriklaymiz» - deydi Ro‘ziqul Berdiev.
- Raqib haqida nima deya olasiz?
- Biz “Surxon” jamoasini yaxshi o‘rgangan edik. Jamoada xorijlik murabbiy faoliyat olib bormoqda. Biz raqib uzun uzatmalar bilan o‘ynashini bilardik. Shuning uchun uchta markaziy himoyachi bilan o‘ynadik. Bu bizga foyda keltirdi.
“Nasaf” matbuot xizmati.
Fikrlar