Ro‘ziqul Berdiev nega o‘zini "Real" klubi bosh murabbiyidek his qilishini aytdi

  • 26.09.2019 23:00
  • Bekzod Isayev
  • 8
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston kubogi yarim finalida "Paxtakor" o‘z maydonida "Nasaf"ni qabul qildi. Bellashuvda "sherlar" 2:1 hisobida zafar quchishdi.

O‘yindan keyin Ro‘ziqul Berdiev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.  

- "Paxtakor" klubi oxirgi o‘yinlarda bugungidek jiddiy raqibga uchramagandi, menimcha. Chempion jamoaning maydonida ularga munosib qarshilik ko‘rsata oldik. Uchrashuvning 30-40-daqiqasida e’tiborsizlik qildik. Buning oqibatida 2 ta gol o‘tkazib yubordik.

Raqibni yaxshi o‘rgangan edik. Lekin e’tiborsizlik oqibatida mag‘lubiyatga uchradik. Umuman olganda, yigitlarning o‘yinidan qoniqdim. "Paxtakor"ni bugungi g‘alaba qa Superliga chempionligi bilan tabriklayman. Endi bor e’tiborimizni ichki birinchilikka qaratamiz.

Yil boshida ko‘pchilik bizni chempionatda jon saqlash uchun kurashadi deb o‘ylagandi. Bu fakt. Biz ham xohlagan edik, OChLda o‘ynashni. Biroq hali bunga salohiyatimiz etarli emas. Saviyani ko‘tarishga harakat qilyapmiz va bunga erishyapmiz ham. Lekin katta o‘yinlar uchun bizga tajribali futbolchilar kerak bo‘ladi. Bunday o‘yinchilar bizga kamlik qilmoqda. Asosan hujum chizig‘ida. Har qanday raqibga qarshi bellashuvlarda vaziyatlar yaratmoqdamiz. Yakunda Masharipov yoki Cherandek mahoratli futbolchilar etishmayapti. Shu bois OChLga chiqish imkoniyatimiz pasaygani men uchun fojea emas. Yil boshida oldimizdagi vazifa shu tarkibni o‘stirish edi.

Jamoamiz agarda yangi marralarni ko‘zlasa, hozirgi tarkibni olib qoladi, albatta, bu futbolchilar bilan hali uzoq yillik shartnomalarimiz bor. Bu tarkibni ushlab qolib, shakllantirgan holatda kuchli futbolchilarni ham jalb etsak, keyin biz bemalol OChL haqida o‘ylay olamiz. Shunday bo‘lishi ham kerak. Chunki «Nasaf» ham «Paxtakor» singari xalqimizning sevimli jamoasiga aylanib ulgurdi. Bizdan hamma natija kutadi. Mag‘lub bo‘lgan o‘yinlarda o‘zimni «Real Madrid» bosh murabbiyidek his qilaman. «Nasaf» doim medal olishi kerak, kubok yutishi kerak, jamoamizga mana shunday talablar bor muxlislar tomonidan, - dedi murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Komol Omon
26/09/2019 23:22
Ман узим пахтакор мухлисиман
Лекин насаф жамоасини хурмат киламан
Мужик команда омад
shahram husanboyev
26/09/2019 23:16
Omad yor bolsin senga nasaf navbahor muhlisidan
Xasan Turaev
26/09/2019 23:26
Ro‘ziqul Berdiyevni milliy terma jamoa murabbiylar tarkibiga kiritish kerak.Temur Kopadzedan ancha tajribali
Shohruh Karimov
01/10/2019 21:17
Ro'ziqul Berdiyev O'zbekistondagi eng top murabbiy shu tarkib bilan ham yulduzlardan iborat paxtakor bilan chiroyli uyin kursatdi
&
FAYZI SURXON
27/09/2019 08:01
agar pahtakordagi tarkibni Berdiyibga topshirsa ochl finalida uynardi Berdiyib mtj ni boshqarishga loyiq murabiy...
&
FAYZI SURXON
27/09/2019 07:58
agar pahtakordagi tarkib
&
Surxon turon
27/09/2019 06:41
Ха тажриба етмади бироз шунақа мураббийдан бир 10та бӯса
Shaxboz Bekmurodov
26/09/2019 23:23
NASAF ga omad tilaganlarni XUDO yorlaqasin hammasiga raxmat, men hohlardim bu yil OCHL da O‘ZB dan NASAF, NAVBAHOR, AGMK, BUNYODKOR, qatnashishini, afsus soxta klublar chempionat saviyasini tushurib ulgurishgan
Dilshod Muratov
27/09/2019 08:09
Siz aytgan NASAF,NAVBAXOR,AGMK,BUNIK ochl da uynash un katta mablag kerak.
Mablag bulsa kerakli uyinchilarni olishi mumkin.
Xozirgi tarkib bn uff ochlga chiqanni quymaydi.
Shaxboz Bekmurodov
27/09/2019 09:22
To‘g‘ri men aytgan jamolarni OCHL da o‘ynashi uchun sabab yomg‘ir tomchilaridik ko‘b shunchaki men hohlardim demoqchiman chunki bu jamolar o‘rta miyona tarkib bilan kuchli o‘yin ko‘rsatadida, bu jamolar hozzirgi tarkib bilanam BAA, CA chempionatlarida o‘ynasa OCHL ga chiqadi lekin bizda emaaas, bularni chiqishi uchun O‘ZB ga 8 kvota berishi kerak bo‘ladi birinchi ushtalikni haligi jamolar oladi bu aniq qolganlariga halol o‘yin ko‘rsatadigan jamolar egalik qiladi.