Ro‘ziqul Berdiev: O‘zbekiston Kubogi uchun kurash qizg‘in kechadi

  • 05.08.2019 08:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Coca-Cola O‘zbekiston Kubogi 1/8 Final uchrashuvidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Andijon” bellashuvidan so‘ng "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev bugungi bahs haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

- Bugun yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Keyingi etapga chiqqanimiz bilan muxlislarimizni tabriklayman. Muxlislarimizga alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ular bizni har qanday vaziyatda ham qo‘llab-quvvatlashmoqda. Bugungi bellashuv bizning ustunligimizda o‘tdi. Yigitlar shoshilmasdan xotirjamlik bilan harakat qilishdi. Bugungi bahs bitta o‘yindan iboratligi yigitlardan hujumdan tashqari himoyada ham tartibli o‘ynashni talab qilardi. Ular buni uddalashdi. Agar bugun shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yganimizda bizga ham qiyin bo‘lardi. Futbolchilarimizning xotirjamlik bilan tartibli futbol namoyish qilganliklari uchun ishonchli g‘alabaga erishdik. Buning uchun ularga minnatdorchilik bildiraman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
BBS UZB
05/08/2019 11:55
Ro'ziqul aka raxmat, charchamang! Yosh, inoq, tinib-tinchimas ukalarim, "AJDARLAR" SIZLARGA ham Raxmat! Va albatta sizlarga sharoit yaratib berayotgan OTA-ONANGIZGA raxmat!