Ro‘ziqul Berdiev: Xatolar qimmatga tushdi

  • 01.08.2019 09:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliganing 15-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Metallurg" (1:2) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Beridev o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Birinchi bo‘limda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik, o‘yinimiz o‘xshamadi. Ustiga-ustak 2 ta gol qo‘yib yubordik “Metallurg”dek tajribali o‘yinchilarga ega jamoa bunday farqni saqlashni biladi va buni ular amalda isbotlashdi.

- Ikkinchi bo‘limda ancha mazmunli o‘yin ko‘rsatdik. Biroq raqibimiz yaxshi himoyalandi. Raqib darvozabini esa o‘z jamoasini bir nechta muqarrar goldan saqlab qoldi. Biz bugun g‘alabaga munosib o‘yin ko‘rsatmadik. Albatda buning sababini o‘rganib chiqamiz. Bugun hujum chizig‘imiz ham biz kutgan o‘yinni ko‘rsata olmadi.

- Bugungi o‘yinga yigitlarimiz tayyor edi. Biroq 1-bo‘limda o‘tkazib yuborilgan 2 ta goldan so‘ng vazifamiz juda qiyinlashib qolgandi.

- Futbolchilarimiz 1-davrada bo‘lib o‘tgan o‘yin haqida umuman o‘ylashgani yo‘q. To‘g‘ri 1-bo‘limda ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ydik. Lekin yigitlar bellashuv so‘ngiga qadar harakat qilishdi. Uchrashuvdagi futbolchi almashtirishlarimiz ham o‘yinimizni yaxshi tomonga o‘zgartirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
JASUR3838
01/08/2019 15:29
Ruziqul aka yangi tajribali hujumchi olib kilish kirak Nasafga shu tomondan oqsayapmiz.