
RPL. Afoninning jamoasi 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi
Hamyurtimiz Vadim Afonin to‘p suradigan "Orenburg" klubi bu tur o‘z maydonida "Dinamo"ni qabul qildi. Orenburg shahrida kechgan uchrashuvda mezbonlar minimal hisobda raqibdan ustun kelishdi.
Afonin 79-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Mazkur g‘alaba natijasida "Orenburg" hisobidagi ochkolar soni 26 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar