RPL. Legionerimiz maydonga tushmagan o‘tish o‘yinida "Ufa" tayyor g‘alabani qo‘ldan boy berdi

  • 25 may, 2022, 22:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya premer ligasiga o‘tish o‘yini doirasidagi "Orenburg" - "Ufa" bahsi yakunlandi. Unda jamoalar jangovar 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

Tecno

Ushbu o‘yinda "Ufa" safida harakat qiladigan legionerimiz Oston O‘runov sariq kartochkalari ko‘payib ketgani bois maydonga tushirilmadi.

Mehmonlar dastlab Agalarov va Kamilovning penaltidan urgan gollari evaziga hisobda oldinga o‘tib olgandi. Biroq keyin mezbonlar xarakter ko‘rsata oldi va Goykovich hamda Malixning gollari tufayli muvozanatni tikladi.

Shu tariqa, kimning premer ligada ishtirok etish masalasi Boshqirdistonda o‘tadigan uchrashuvda hal qilinadigan bo‘ldi.  

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!