
RPL. "Rostov" amaldagi chempionga imkoniyatni boy berdi, Shomurodovning golsiz seriyasi davom etadi
Hozirgina Rossiya Premer ligasi 2-turidan o‘rin olgan "Rostov" hamda "Zenit" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi. "Rostov-Arena" stadionida kechgan uchrashuvda mehmonlar 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Gollarga Serdar Azmun va Deyan Lovren mualliflik qildi. Amaldagi chempionga qarshi uchrashuvda hamyurtimiz Eldor Shomurodov 85 daqiqa davomida maydonda faol harakat qildi, ammo 29 fevraldan buyon davom etib kelayotgan golsiz seriyasini uza olmadi.
Fikrlar