
RPL to‘purari legionerimiz jamoasiga o‘tishga yaqin
"Nijniy Novgorod" "Ufa" hujumchisi Gamid Agalarovni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi. Bu haqda rus matbuoti xabar tarqatdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, muzokaralar yakuniy bosqichda. "Nijniy" RPLning o‘tgan mavsumdagi to‘purari uchun kurashda etakchilik qilmoqda.
Shuningdek, "NiNo" "Arsenal" sobiq himoyachisi Danil Stepanov bilan ham shartnoma imzolamoqchi.
Fikrlar