
RPLda yana bir klub yoshlar jamoasi bilan o‘ynashi mumkin
“Orenburg” klubining 10 nafar a’zosida koronavirus aniqlangan va ular karantinga olingan edi.
Xabarlarga qaraganda, katta ehtimol bilan Rossiya premer-ligasining 25-turidan o‘rin olgan “Ural”ga qarshi o‘yinda orenburgliklarning yoshlar jamoasi ishtirok etadi.
Eslatib o‘tish lozimki, “Orenburg” o‘tgan tur “Krasnodar”ga qarshi o‘yinda qatnashmagani uchun tartib-intizom qo‘mitasi jamoa hisobiga mag‘lubiyat yozgan edi.
“Orenburg” ayni damda RPL musobaqa jadvalida 15-o‘rinda bormoqda.
Bundan avvalroq hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p suradigan “Rostov” klubi ham karantinga olingani sabab “Sochi”ga qarshi o‘yinga yoshlar jamoasini maydonga tushirishga majbur bo‘lgan edi. Ushbu o‘yinda “Sochi” 10:1 hisobida zafar quchdi.
Fikrlar