“Rubin” bosh murabbiyi “Neftchi” bilan o‘yinga izoh berdi

  • 9 fevral, 18:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Premer-ligasining ikkinchi qismiga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Rubin” Turkiyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini davomida navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini Farg‘onaning “Neftchi” jamoasiga qarshi o‘tkazdi.

Tecno

Belekdagi bahs o‘zbekistonlik futbolchilar g‘alabasi bilan yakunlandi. Yagona gol Toma Tabatadze hisobiga yozildi.

Uchrashuvdan keyin “Rubin” bosh murabbiyi Rashid Rahimov o‘yinga izoh berdi.

- Men uchun raqiblarning kuchli va sifatli ekani eng muhim jihat hisoblanadi. Bu galgi raqib oxirgi uchrashuv o‘tkazayotganidek to‘liq tayyor holatda maydonga tushdi.

Biz bunday qila olmaymiz, chunki mashg‘ulotlar dasturi doirasida ishlashimizga to‘g‘ri kelmoqda. Bu jarayonda bor e’tiborni faqat o‘yinga qarata olmaymiz. Biz bunday uchrashuvlarda muammolarimiz qaerda ekanini bilib olishimiz kerak.

O‘yin bo‘yicha ustunlik biz tomonda bo‘ldi. Dastlabki uch daqiqa ichida gol urishimiz mumkin edi, har holda yomon o‘ynamadik, lekin “Neftchi” standart vaziyatdan darvozamizni ishg‘ol qildi. O‘yindagi ustunlik diqqatni yo‘qotgan paytda o‘z-o‘zidan barham topadi, - dedi Rashid Rahimov.

“Neftchi” O‘zbekiston chempionatining yangi mavsumidagi ilk uchrashuvini 8 mart kuni o‘tkazadi. Shu kuni farg‘onaliklar poytaxtda “Bunyodkor” mehmoni bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!