
Rud Gullit: Zidan "Real"dan ketib to‘g‘ri qilgan
Gollandiyalik afsonaviy futbolchi Rud Gullit Zinedin Zidanning "Real"dan ketishi eng to‘g‘ri qaror bo‘lganini aytdi.
“Zidan “Real”dan ketib to‘g‘ri ish qildi. U Ronaldu ketgach o‘z vaqtida aqlli qarorga keldi. Kimki uning o‘rniga kelmasin jiddiy muammoga duch kelishi aniq edi. Chunki, Ronalduni yo‘qotish bu o‘z-o‘zidan 50ta golni yo‘qotish deganidir”, - deydi Gullit.
Ta’kidlash kerakki, “qirollik klubi” joriy mavsum La Liganing 20ta turida jami 37ta gol urishga erishdi. Biroq, bundan avval, ya’ni Ronaldu o‘ynagan to‘qqiz yil davomida ushbu ko‘rsatgich 62ta golni tashkil etar edi.
Ayni damga kelib “Real” o‘z ishtirok etayotgan barcha musobaqalarda g‘olib bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy berdi. Santyago Solari jamoasi bu mavsum katta ehtimol bilan birorta ham sovrin yuta olmaydi.
Fikrlar