Rud van Nistelroy xiyonatkor bo‘lib qolishdan qo‘rqmoqda

  • 6 oktabr, 2024, 11:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun “Manchester Yunayted” Angliya Premer-ligasining 7-turida “Aston Villa”ga qarshi maydonga tushadi. Agar “qizil iblislar” ushbu o‘yinda ham muvaffaqiyatsizlikka uchrasa va bosh murabbiy Erik ten Xag iste’foga chiqarilishi mumkin.

Tecno

Mirror nashrining xabar berishicha, yuqoridagi holat yuz bergan taqdirda niderlandiyalik murabbiy o‘rnini Rud van Nistelroy egallashi mumkin. Ten Xagning 48 yoshli yordamchisi MYuda vaqtinchalik bosh murabbiy lavozimini egallaydi. Biroq van Nistelroy uni “Manchester Yunayted” shtabida vatandoshiga xiyonat qilishda ayblashlari mumkinligidan xavotir olmoqda.

Rud van Nistelroy “Manchester Yunayted”ga begona emas. U 2001-2006 yillarda mankunianliklar safida to‘p surgan va 150 ta o‘yina maydonga tushib, o‘z hisobiga 95 ta gol yozdirib qo‘ygan.

“Manchester Yunayted” yakunlangan olti tur natijalariga ko‘ra etti ochko jamg‘arib, APL turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!