Rufat Akramxo‘jaev: "Muxlislarning olqishi "Andijon"ga katta yordam berdi"

  • 16.03.2021 19:15
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” – “Surxon” o‘rtasidagi o‘yindan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Rufat Akramxo‘jaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Tecno

- Yigitlar o‘zini yo‘qotib qo‘ygani yo‘q. Yaxshi o‘ynashdi, vaziyatlar yaratdik. Imkoniyatlardan unumli foydalanganimizda hisob boshqacha bo‘lardi. Ikkinchi bo‘limda ustunlikka ega bo‘ldik. Hujumchilarni hatto to‘rttagacha ko‘paytirdik va himoyachilarni uchtaga qisqartirdik. Shunging evaziga “Andijon”da imkoniyatlar bo‘ldi, ular qarshi hujumda yaxshi o‘ynashdi. Futbolchilarimizga rahmat, borini berishdi.

- Stadiondagi muhit haqida fikringiz qanday? Bu jamoangizga qanchalik ta’sir qildi?

- Muhit ajoyib bo‘ldi. Muxlislarga tasanno. Ishqibozlarning olqishi “Andijon” klubiga katta yordam berdi. Bizga ham bunday muhitda o‘ynash yoqimli. Hech qanaqa bosim bo‘lmadi. Faqat standartdan kiritilgan yagona gol o‘yin taqdirini hal qilib qo‘ydi.

- Bugungi o‘yinda asosiy e’tirozingiz kimga bo‘ldi?

- O‘yin paytida e’tirozlar bo‘ladi. Ammo o‘yin bo‘yicha futbolchilarga hech qanday e’tirozim yo‘q. Hech kim xatodan kafolatlanmagan.

- Birinchi bo‘lim oxirida yordamchi hakamga jiddiy e’tiroz bildirdingiz. Bu nima bilan bog‘liq?

- Bir vaziyatda Esonqulovni yiqitishdi. Men faqat ko‘rgan narsamni aytyapman. Ammo hakamlarning ishiga aralashmayman. Shunchaki har doim hakamdan nimaga, deb so‘rayman. Uni javobini bildim, shu xolos.

- O‘yin oxirida jamoangiz feyr-pleyga amal qilmadi. Bu sizning ko‘rsatmangizmidi?

- Feyr-pley, deganda futbolchi futbolchini hurmat qilishi tushuniladi, to‘g‘rimi? Vaqt cho‘zayotgani ko‘rinib turgandi. Uzr so‘rayman, bunday feyr-pley bizga to‘g‘ri kelmaydi. Ko‘rgan bo‘lsangiz, yigitlarimiz o‘tgan o‘yinda ham vaqt cho‘zishgani yo‘q. Chiroyli futbol tarafdorimiz. Bizning maqsadimiz kurashuvchan jamoa tuzish. Qolganini vaqt ko‘rsatadi. Qaysi o‘rinda bo‘lishimizni mavsum oxirida ko‘ramiz. O‘zim maksimalistman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!