Rummenigge Tyagoning ketishini tasdiqladi

  • 11 avgust, 2020, 23:46
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" klubi boshqaruv raisi Karl-Xaynts Rummenigge jamoa yarim himoyachisi Tyago Alkantara haqida fikrlarini bildirib o‘tdi: "Tyago uchun etarli mablag‘ taklif etishsa, uni qo‘yib yuboramiz. Muvaffaqiyatli o‘tgan 7 yillik faoliyatidan so‘ng, u yangi chaqiruvlarga tayyor".

Tecno

Shuningdek, myunxenliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik ham ispaniyalik xavbekning kelajagiga to‘xtaldi: "Agar u premer-ligada o‘ynashni istasa, men barchasini to‘g‘ri tushunaman. Biroq ishonch bilan ayta olamanki, Tyago jamoamizda o‘z o‘rniga ega."

Alkantara 2013 yildan beri "Bavariya" sharafini himoya qilib keladi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 1 yildan so‘ng yakunlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!