
Runi "Derbi Kaunti"da 32-raqamni tanlay olmaydi. Chunki...
"Di Si Yunayted" klubi forvardi Ueyn Runi qishda "Derbi Kaunti"ga o‘ynovchi murabbiy sifatida kelib qo‘shilishi ma’lum bo‘lgan edi. Biroq, u hali Angliyaga kelib ulgurmasidan muammolarga duch kela boshladi.
The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Angliya futbol federatsiyasi 33 yoshli futbolchi yangi jamoasida 32-raqamni tanlay olmasligini ma’lum qilmoqda. Gap shundaki, 32 raqami bu “Derbi Kaunti”ning bosh homiysi hisoblangan 32 Red bukmekerlik kompaniyasi hisoblanadi va bu holatda 32-raqam reklamaga aylanib qolishi mumkin. Belgilangan qoidalarga ko‘ra har qanday reklama 100 kvadrat santimetrdan katta bo‘lmasligi lozim.
Fikrlar