Runi: "Maktomineyni qo‘yib yuborishganiga ishona olmadim"

  • 12.06.2026 11:51
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya terma jamoasi va "Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi shotlandiyalik yarim himoyachi Skott Maktominay haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Afsonaviy futbolchi manchesterliklar Maktominay bilan xayrlashganiga haligacha hayron ekanini yashirmadi.

"Men "Manchester Yunayted" Maktominayni qo‘yib yuborganiga ishona olmadim. Uning qanchalik mehnatkash ekanini hamma ko‘rib turardi.

Skott har bir o‘yinda maydonga tushishga tayyor edi. U jamoa uchun juda foydali futbolchi hisoblanardi.

Men uning yana "Manchester Yunayted'ga qaytishini juda istardim", — dedi Runi.

Eslatib o‘tamiz, manchesterliklar shotlandiyalik yarim himoyachini 30 million yevro evaziga "Napoli"ga sotib yuborgan edi.

29 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum Italiya A seriyasida 33 ta uchrashuvda ishtirok etib, 10 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!