Runi: “Manchester Siti” chempionlik poygasida “Liverpul”ni ortda qoldiradi deb umid qilaman

  • 22 mart, 2019, 10:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AQShning "Di Si Yunayted" klubida faoliyat olib borayotgan hujumchi Ueyn Runi joriy mavsum APLdagi chempionlik poygasi haqida to‘xtalib o‘tdi.

“Manchester Siti” chempionlik poygasida “Liverpul”ni ortda qoldiradi deb umid qilaman. Men “Liverpul” muxlislarining xursandchiligini oddiy qabul qila olmayman. Bu barcha “Everton” ishqibozlari uchun qo‘rqinchli bir tush.

2005 yilda ular Chempionlar ligasida g‘olib chiqishganini yaxshi eslayman. Ularning muxlislari haligacha bu haqda gapirishadi. Agar “Liverpul” APLda chempion bo‘lsa, ular bu voqeani yana 15 yil eslatib yurishadi”, - deydi Runi.

Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” ayni damda “Manchester Siti”dan 2 ochko ko‘p jamg‘argan holda premer-liga musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Biroq, “shaharliklar” 1ta o‘yin kam o‘tkazishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!