
Runi yana AQShga ketishi mumkin. Faqat bu safar...
Angliyalik mashhur futbol yulduzi Ueyn Runi yana okean ortiga qaytishi mumkin.
ESPN nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 36 yoshli Runi “Di Si Yunayted”ga, faqat bu safar bosh murabbiy sifatida qaytishi mumkin. Aytish kerakki, Ueyn 2018-2019 yillarda vashingtonliklar safida futbolchi sifatida o‘ynagan. Poytaxtliklar hozirda u bilan jamoani boshqarish masalasida muzokaralar olib borishmoqda.
Ma’lumo uchun, “Di Si Yunayted” ortda qolgan 17 tur yakunlariga ko‘ra, MLSning Sharqiy konferentsiyasida so‘nggi o‘rindan bir pog‘ona yuqorida bormoqda.
Avvalroq Runi “Derbi Kaunti” klubini boshqargan. U o‘tgan oy jamoada yuzaga kelgan moliyaviy muammolar tufayli klubni tark etgandi. Bu "Manchester Yunayted" sobiq hujumchisining bosh murabbiylikdagi debyut tajribasi bo‘ldi.
Fikrlar