
Runining o‘g‘li "Manchester Siti" akademiyasiga qabul qilindi
“Manchester Yunayted” klubi va Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ueyn Runining o‘g‘li Kay "Manchester Siti" akademiyasida shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ldi. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.
Gap shundaki, 9 yoshli Kay oilasi AQShga ko‘chib ketgunicha aynan “shaharliklar” safida tahsil olar edi. 2016 yilgacha esa MYuda shug‘ullangan.
Eslatib o‘tamiz, Runi 2020 yilning yanvarida Angliyaga qaytadi va “Derbi Kaunti”da o‘ynovchi murabbiy sifatida ish olib boradi.
Ma’lumot uchun, Runining 4 nafar farzandi bor. Kay ularning eng kattasi hisoblanadi.
Fikrlar