Ruslanbek Jiyanov — terma jamoaga chaqirilishi haqida: To‘g‘risi, kutmagan edim

  • 12 noyabr, 2022, 13:27
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha O‘zbekiston terma jamoasi Qozog‘iston va Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Tecno

Qaydnomadan Toshkentning "Olimpik" jamoasi yarim himoyachisi Ruslanbek Jiyanov ham o‘rin oldi. Qayd etish kerakki, bu futbolchi uchun milliy jamoadan birinchi taklif hisoblanadi. Ruslanbek esa bizga taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi:

"Taassurotlar ajoyib. Bu yaqinlarim, ota-onam uchun ham ajoyib xushxabar bo‘ldi. Bolalikdan O‘zbekiston terma jamoasida o‘ynashni orzu qilib kelaman, nihoyat bunga erishdim. To‘g‘risi, terma jamoadan chaqiruv olaman deb o‘ylamagan edim, bu men uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi. Xudo xohlasa, murabbiylar ishonchini oqlab, o‘zimni ko‘rsatishga harakat qilaman. Qozog‘iston va Rossiyaga qarshi o‘yinlar ajoyib bo‘ladi deb o‘ylayman. Nasib bo‘lsa, g‘alaba qozonib, muxlislarimizni xursand qilamiz", - deydi Ruslanbek Jiyanov.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi O‘zbekiston U23 terma jamoasini ham asosiy tarkib futbolchisi hisoblanadi.

Vakillarimiz 16 noyabr kuni Qozog‘istonga qarshi maydonga tushsa, 20 noyabr kuni rossiyalik futbolchilarni sinovdan o‘tkazadi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
А689 НМ
14/11/2022 15:43
Григорянни гапи учун хам Россияни чиройли ютиб бошини эгиш керак пресс конференсияда савол билан синдириш керак