
Rustam Assakalov bronza medali uchun bahsda mag‘lub bo‘ldi
Rustam Assakalov bronza medali uchun amaldagi jahon chempioni bilan bellashdi.
Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Rustam Assakalov Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini tugatdi. -97 kg vazn toifasida gilamga chiqqan yurtdoshimiz uchinchi o‘rin uchun kechgan bellashuvda kubalik amaldagi jahon chempioni Gabriel Rosilloni bilan bellashdi. Afsuski, Assakalov bahs davomida jarohat olib kurashni davom ettira olmadi va mazkur olimpiadani beshinchi pog‘onada tugatdi.
Fikrlar