Ryudiger superklubni qo‘rqitib yubordi
“Chelsi” himoyachisi Antonio Ryudiger mavsum oxirida erkin agentga aylanadi. Shu bois, yanvardan boshlab o‘ziga qiziqayotgan jamoalar bilan rasmiy muzokaralar o‘tkazishi mumkin. Hozircha esa futbolchining vakillari germaniyalik futbolchiga og‘iz solayotgan klublar bilan norasmiy uchrashuvlarni tashkil qilmoqda.
Xususan, Ryudigerga qiziqish bildirayotgan “Inter” birinchi suhbatdan so‘ng bu rejasidan voz kechdi. Italiyaning La Gazzetta dello Sport nashri xabar berishicha, milanliklar Ryudigerni A Seriyaga ko‘chib kelishga ko‘ndira olishiga ishongan. Biroq, Ryudiger so‘ragan maosh sababli “Inter” bu loyihadan yuz o‘girdi.
Ryudiger o‘zi bilan aloqaga chiqqan klublarga bir xil talab qo‘ymoqda. Xususan, “Chelsi”ning etakchi himoyachisi “aristokratlar”dan haftasiga 200 ming funt maosh talab qilayotgani bois, muzokaralar to‘xtab qoldi.
Ayni paytda Ryudigerga asosiy dav’ogar futbolchining o‘zi o‘ynashni istayotgan “Real” bo‘lib turibdi.

Fikrlar