Ryuji Sato boshqargan o‘yinlarda O‘zbekiston MTJ hech qachon mag‘lub bo‘lmagan

  • 12 noyabr, 2019, 17:35
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 14 noyabr kuni Jahon chempionati-2022 saralash bahslari doirasida Saudiya Arabistoni bilan bahs olib boradi.

Mazkur uchrashuvni Ryuji Sato boshliq yaponiyalik hakamlar guruhi boshqarib boradi. Qayd etish joiz, Sato hozirga qadar O‘zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi 3 ta bellashuvda ishlagan va mazkur bahslarda 7 ta sariq, 1 ta qizil kartochka ko‘rsatgan. 

2009 yildan xalqaro faoliyatini boshlagan Sato 2015 yil 27 mart kuni Janubiy Koreyaga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinini boshqarib borgan va ushbu bahs 1:1 hisobidagi durang natija bilan nihoyasiga etgan.

2016 yilning 24 mart sanasida JCh-2018 saralash bosqichi doirasida Toshkentda Filippinga qarshi o‘yinda ham aynan mazkur referi faoliyat yuritgan va filippinlik futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatgan. Uchrashuv esa vakillarimiz foydasiga hal bo‘lgan - 1:0.

Sato xuddi shu yili saralashning uchinchi bosqichi doirasida Suriya bilan kechgan qarama-qarshilikni ham boshqarib borgan va yakunda Aleksandr Geynrixning yagona goli Samvel Babayan boshqaruvidagi terma jamoamizga g‘alaba keltirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Surxon turon
12/11/2019 17:44
Ессиз умир ӯтмоқда