"Saber" qizlar jamoamiz "Ayollar dzyudo ligasi"da ishtirok etish uchun Rossiyaga jo‘nab ketdi

  • 16 avgust, 13:29
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Ertaga, 17 avgust kuni Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida dzyudo bo‘yicha klublar o‘rtasidagi "Ayollar dzyudo ligasi" musobaqasi start oladi. 

Tecno

O‘n ikkita jamoa 4 ta guruhga bo‘linib, bosh sovrin uchun bahs olib boradigan ushbu turnirda o‘zbek dzyudosi tarixida ilk bor "Saber" ayollar jamoasi yurtimiz sharafini himoya qiladi. Dzyudo malikalarimiz terma jamoa bosh murabbiyi Andrey Shturbabin boshchiligida Sankt-Peterburg shahriga jo‘nab ketdi. 

"Saber" jamoasi "Ayollar dzyudo ligasi"ning "B" guruhida mezbonlarning "Turbostroitel" hamda Samara shahrining "Sportkomanda 63" jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Ilk bor klublar musobaqasida qatnashayotgan qizlarimizga g‘alaba va omad yor bo‘lsin.

Jamoamiz tarkibi:

-52 kg: Muhayyo Ahmatova 
-52 kg: Fotima Tursunboeva
-57 kg: Shukurjon Aminova
-63 kg: Sarvinoz Husanova
-70 kg: Xurshida Razzoqberdieva
+70 kg: Irisxon Qurbonboeva
+70 kg: Mohlaroyim To‘xtamisheva

Murabbiylar: Andrey Shturbabin, Qahramon Nurillaev

Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!