Sablyachi yigitlarimiz Osiyo qit’asida ikkinchi o‘rinni egalladi
Qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Jakarta shahri (Indoneziya) mezbonlik qilayotgan Osiyo chempionatida yana bir medalga sazovor bo‘ldi.
Sablya bo‘yicha yigitlar o‘rtasida kechgan jamoaviy dasturda hamyurtlarimiz kumush medalni qo‘lga kiritishdi. Saralashda Avstraliya va Gonkongni mag‘lub etgan sportchilarimiz finalda Xitoyga imkoniyatni boy berib, shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy olishdi.
Bu haqida MOQ xabar bermoqda.
Fikrlar