Sadio Mane yana bir rekord o‘rnatdi
Senegal terma jamoasi hujumchisi Sadio Manening goli Afrika kubogi rekordini yangiladi.
Gap shundaki, Afrika Millatlar kubogining yarim finalidan o‘rin olgan Senegal va Misr terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bahsning 78-daqiqasida Senegal terma jamoasi yetakchisi Sadio Mane o‘yindagi golni urib, Muhammad Saloҳ yetakchiligidagi Misrni musobaqadan chiqarib yubordi. Ushbu gol Marokashda davom etayotgan Afrika Millatlar kubogidagi 120-gol bo‘ldi va rekordga aylandi. Bundan avval 2023 yildagi qit’a birinchiligida 119ta gol urilgan edi. Senegal terma jamoa finalda mezbon Marokash terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Ma’lumot uchun, final uchrashuvi 18 yanvar kuni tungi soat 00:00da start oladi.

Fikrlar