Saida Mahmudovaning shogirdlari Qozog‘istonda g‘olib bo‘ldi

Qozog‘istonning Chimkent shahrida stol tennisi bo‘yicha kattalar va yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro musobaqada Rozalina Xo‘jaeva hamda So‘g‘diyona Madalieva mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi.

Dunyoning etti mamlakatidan kelgan yuzga yaqin stol tennischilar yakkalik va juftlik bahslarida o‘zaro raqobatlashdilar.

Musobaqaning kattalar o‘rtasida Rozalina Xo‘jaeva barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib oltin medalni qo‘lga kiritdi. Yoshlar o‘rtasi So‘g‘diyona Madalieva shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy egalladi.

photo_2019-03-14_16-55-26

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!