
Saidyoqub Qahramonovning UFCda navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘ldi
O‘zbekistonlik UFC jangchisi Saidyoqub Qahramonovning (9-2) navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi. Hamyurtimizning jahonning eng nufuzli promoushenidagi 2-jangi 2022 yilning 15 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
AQShning Las-Vegas shahrida tashkil qilinuvchi UFC APEX turnirida yurtdoshimizga mezbonlar vakili Brayan Kellexer (23-12) raqiblik qiladi.
Ma’lumot uchun, o‘ta engil vazn (61.2 kg) toifasida faoliyat yuritayotgan Qahramonov UFCdagi debyutini 21 avgust kuni Trevin Jonsga qarshi o‘tkazib, "gilotina" uslubi bilan raqibini mag‘lub etgandi.
Yurtdoshimiz o‘zining Instagram sahifasida ushbu jang borasida ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Faoliyatimda birinchi marta 12 hafta oldin jangni qabul qilyapman. Bu sarguzashtdan mamnunman. UFC va menejerlarimga rahmat aytaman", -dedi Qahramonov.
Fikrlar