
Saka "Arsenal"ning "Siti"ga qarshi himoyaviy o‘ynashi haqida: Bunga ahamiyat bermayman
"Arsenal" vingeri Bukayo Saka "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinlarda "kanonirlar"ning haddan tashqari himoyaviy o‘ynagani uchun qilingan tanqidlarga javob berdi. Eslatib o‘tamiz, bugun, 22 sentyabr kuni London klubi Angliya chempionatining 5-turi doirasida safarda “Siti” mehmoni bo‘ladi.
“To‘g‘risini aytsam, men bunga ahamiyat bermayman. Jamoamiz nimaga ishonishini va nimaga erishmoqchi ekanligini biladi. Haqiqiy sabablarni faqat biz bilamiz. Oxirgi safar biz “Etihad”gaa (“Manchester Siti”ning uy stadioni) g‘alaba uchun borgan edik, bugun ham buni yana takrorlaymiz”, - deya Sakaning so‘zlarini keltiradi Goal.
Ma’lumot uchun, ushbu jamoalarning APL doirasidagi “Etihad”da kechgan so‘nggi uchrashuvi 0:0 hisobida yakunlangan. Bu o‘tgan mavsumning 30-turida sodir bo‘lgan edi.
Ayni damda "Manchester Siti" APL musobaqa jadvalida 12 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Hisobida 10 ochko bo‘lgan "Arsenal" esa 5-o‘rindan joy olgan.
Fikrlar