
Salah “Liverpul” chempion bo‘lishiga ishonmoqda
“Liverpul” jamoasi hujumchisi Muhammad Salahning fikricha, jamoa APL chempioni bo‘lishga qodir va u buning uchun o‘z hissasini qo‘shishga tayyor.
“Liverpul” APL chempioni bo‘lishni juda xohlardim. Ayni damda jamoa shakllangan, ajoyib murabbiyimiz bor. Klubda barchasi o‘z zrnida va biz ushbu mavsum sovrin yutib olishga qodirmiz.
Bir necha yil ilgari “Liverpul”dan taklif tushganida men uni rad etib, “Chelsi” safiga qo‘shilgandim. Men bundan afsuslanmayman, chunki “Liverpul”ga kerakli vaqtda keldim”, — dedi Salah.
Fikrlar