
"Salernitana" - "Roma": Shomurodov 6,3 ballga loyiq ko‘rildi, Abraxam esa 8,5 (foto)
Italiya A Seriyasi 2-turi doirasidagi "Salernitana" - "Roma" uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi. Unda rimliklar 4:0 hisobida zafar quchdi.
Lorentso Pellegrini dubl qayd etgan bo‘lsa, Temmi Abraxam va Jordan Veretu bir marotabadan o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Eldor Shomurodov 78-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.
Statistika bilan shug‘ullanuvchi "WhoScored.com" sayti ushbu bahsda futbolchilarga qo‘yilgan ballarni e’lon qildi.
Fikrlar