
Salkam 3 oy oldin rasmiy o‘yinda maydonga tushgan Oston O‘runov O‘zbekiston terma jamoasidan chaqiruv oldi
Yarim himoyachi Oston O‘runov O‘zbekiston milliy terma jamoasining sentyabr oyidagi yig‘inga chaqirildi. Bu haqda “Ural” klubi matbuot xizmati xabar berdi. Yaqinda 21 yoshli yarim himoyachi "Spartak" bilan shartnomasini bekor qilib, Ekaterinburg klubi bilan shartnoma imzolagan edi.
Aytish joizki, Oston O‘runov Rossiya Premer ligasining 2022/2023 yilgi mavsumida birorta o‘yinda ham maydonga tushmagan. Yarim himoyachi oxirgi marta iyun oyida O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo kubogi saralash bosqichidagi bellashuvda maydonga tushgan edi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sentyabr oyidagi yig‘in doirasida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi - Kamerun va Kosta-Rika. Shuni ham ta’kilash kerakki, “oq bo‘rilar”ning mazkur raqiblari noyabr oyida boshlanadigan Qatardagi jahon chempionatida ishtirok etadi.
Fikrlar