
Saloh ketaver, o‘rningga superhujumchi bor!
“Liverpul” to‘purari Muhammad Salohning klubdagi kelajagi hamon mavhum bo‘lib turibdi. Amaldagi shartnoma 30 iyun kuni tugaydi, muzokaralar hali kutilgan samara bergani yo‘q.
Liverpulliklar vaqt yo‘qotmay, 32 yoshli hujumkor futbolchining o‘rnini bosa oladigan boshqa nomzod tanlab qo‘ygani ma’lum qilindi.
Manbalarga ko‘ra, APL peshqadami yozda “Real” hujumchilaridan Rodrigo Goesni olishga urinib ko‘radi.
“Liverpul”ga braziliyalik 24 yoshli futbolchining tezkorligi, to‘p bilan ishlash mahorati va natijaga ta’sir ko‘rsata olish qobiliyati qiziqtirib qo‘ygan. Klub rahbariyati Rodrigoning transferi oson kechmaligini yaxshi anglaydi.
Shu bois, mutasaddilar “Real”ga o‘yinchi uchun 140 million evro miqdorida badal puli taklif qilish masalasini muhokama qilyapti va bu summa tasdiqlanganidan keyin taklif shakllantiriladi.
Fikrlar