Saloh "Liverpul" afsonasidan olqishlar qabul qilib oldi

  • 27 dekabr, 2022, 12:15
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" afsonasi Kenni Dalglish hujumchi Muhammad Salohni klub to‘purarlari ro‘yxatida 7-o‘rinni egallagani bilan tabrikladi.

Tecno

"Saloh ajoyib yutuqqa erishdi! Bu golni tribunadan tomosha qilish ajoyib bo‘ldi! Birinchi marta nevaramni mehmondagi o‘yinga olib bordim, bahsni unutilmas lahzalar bilan to‘ldirganing uchun rahmat senga, Saloh! Rekordimning takrorlanishidan xursandman, bundan ham  kattaroq muvaffaqiyatlarga erishishingga ishonaman", deb yozdi Dalglish ijtimoiy tarmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 26 dekabr kuni Angliya premer-ligasining 17-tur uchrashuvi bo‘lib o‘tadi va unda "Aston Villa" o‘z maydonida "Liverpul"ni qabul qildi. Uchrashuv "Villa Park" stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda Yurgen Klopp jamoasi 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Salohning "Liverpul" safida o‘zining barcha musobaqalar doirasida 172-golini urdi. U jamoaning eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida 7-o‘ringa ko‘tarilib, Kenni Dalglish bilan tenglashib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!