Saloҳ: "Panenkani mendan boshqa hech kim urolmasdi"
Misr terma jamoasi vingeri Muhammad Saloҳ Avstraliya ustidan qozoнilgan g‘alabadan (1:1, pen. 4:2) keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoқlashdi.
⠀
Misrliklar Jahon chempionati 1/16 finalida Avstraliyanı penaltilar seriyasida mag‘lub etib, turnirning keyingi bosqichiga yo‘l oldi. 34 yoshli Saloҳ esa seriyada panenka uslubida gol urib, jamoasining g‘alabasiga hissa qo‘shdi.
⠀
"Bu tarix. Uchrashuv oldidan jamoadoshlarimga aytdim: biz futbolchi orzu qiladigan eng katta sahnadamiz. Shuning uchun o‘yindan zavq olishimiz va bosimga taslim bo‘lmasligimiz kerak.
⠀
G‘alaba qozoнganimizdan juda xursandman. Raqibga omad kulib boqмadi, ammo biz bugun tarix yaratdik", — dedi Saloҳ.
⠀
Panenka uslubidagi penalti haqida gapirar ekan, misrlik yulduz shunday dedi:
⠀
"Agar buni kimdir uddalay olsa, u men bo‘laman! Men jamoadoshlarimdan tajribaliroқman va ularga ishonch bag‘ishlashni istadim. Oxirgi daqiqada aynan shunday zarba berishga qaror qildim", — dedi Saloҳ.

Fikrlar